Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o‘zining Twitter’dagi sahifasida Tesla Model 3 elektrokarining hamyonbop modifikatsiyasini taqdim etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avtomobil orqa uzatmali bo‘ladi va bir marta to‘liq quvvat bilan 420 kilometrni bosib o‘tadi.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, yangi talqinning narxi barcha chegirmalardan keyin 35 ming dollarni tashkil qiladi. Uning qayd etishicha, avtomobilga egalik qilishning real narxi taxminan 31 ming dollarni tashkil qiladi, chunki xaridor yoqilg‘i uchun mablag‘ sarflashi kerak bo‘lmaydi.
Izoh (0)