Afg‘oniston poytaxti Kobul yaqinida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy Tolo News telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa 19-oktabrga o‘tar kechasi Kobul viloyatining Qorabog‘ uyezdi Kobul—Kapisa trassasida yuz berganligi ta’kidlanmoqda.
Telekanal manbasiga ko‘ra, Kobul viloyatida sodir bo‘lgan yana bir yo‘l-transport hodisasida yana 16 kishi jabrlangan. Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan.
Izoh (0)