2018-yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Italiya Respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Andrea Bertotssi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Italiya kun tartibining joriy masalalari bo‘yicha fikr almashildi hamda tashqi siyosat idoralari boshliqlari o‘rinbosarlari darajasida Toshkent shahrida navbatdagi ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Izoh (0)