Singapore Airlines aviakompaniyasi Singapurdan Nyu-Yorkka tarixdagi eng uzoq qo‘nmay uchadigan aviareysni ishga tushirdi, deb yozadi “News.ru”. U qariyb 19 soat davom etadi.
Bu vaqt ichida layner 16,7 ming km masofani bosib o‘tadi. Samolyot 11-oktabr, payshanba kuni havoga ko‘tarilgan.
Airbus A350-900 ULR 161 yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Bortda 15 nafar ekipaj a’zosi va ikki uchuvchi bor. Ularning har biri parvoz chog‘ida sakkiz soatdan dam olish imkoniyatiga ega. Yo‘lovchilar ixtiyoriga 1200 soatlik audio va video materiallar taqdim etilgan. Menyudan esa bir nechta taomlar o‘rin olgan.
Izoh (0)