Meksikaning Monterrey shahrida qurilayotgan binoning bir qismi qulab tushishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 13 kishi jabrlandi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
Avariya chog‘ida ichkarida 26 kishi bo‘lganligi taxmin qilinmoqda, ammo bu axborot tasdiqlangani yo‘q.
Xarobalarni qidirishda 100 ga yaqin kishi, shu jumladan, politsiyachilar, harbiy xizmatchilar va kinologlar qatnashmoqda.
Fojia sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)