Maktabgacha ta’lim vazirligi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 433-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 32 nafar tarbiyalanuvchining ovqatdan zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatni yaqindan o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda vazirlikning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Ma’lumot vazirlikka yetib kelgach, MTV mutaxassislaridan iborat komissiya darhol voqea joyiga yo‘l olgan.Joyda Bosh prokuratura va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ham ish olib bormoqda.
“Jiddiy holatlar qayd etilmagan, hozirgi vaqtda ikki nafar tarbiyalanuvchi kasalxonadan uyga qo‘yib yuborilgan, qolgan bolalarni ham uyga qo‘yib yuborish ishlari davom etmoqda.Bolalar tibbiy ko‘rik va laboratoriya nazoratidan o‘tkazildi. Ushbu surishtiruv natijalari yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)