2019–2020-yillarda O‘zbekiston hududlarida velosiped yo‘lkalari tarmog‘ini qurish rejalashtirilmoqda. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda, deb yozadi “Norma”.
Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi 2019–2020-yillardagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish ko‘zlanmoqda:
- mintaqaviy ahamiyatga molik umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarining chegaralarida qurilishini nazarda tutuvchi velosiped yo‘lkalarini qurishning manzilli ro‘yxati;
- bog‘lar, istirohat bog‘larida velosiped yo‘lkalarini qurishning manzilli ro‘yxati.
Ko‘zlangan rejalarni amalga oshirishni Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga topshirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, mahalliy velosipedlar ishlab chiqarishni kengaytirish ko‘zlangan. Xususan, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida velosiped ishlab chiqaruvchi “Ya Mei Gong Ye Yuan” MChJ XKni tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)