Hindiston armiyasi shtabi rahbari, general Ravat Bipin Hindiston AQShning sanksiya qo‘llash tahdidlariga qaramay, mustaqil siyosat yuritishini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.
General Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmuasini xarid qilish uchun shartnoma imzolaganidan so‘ng ushbu bayonotni bergan.
“Ha, biz mamlakatimizga qarshi sanksiyalar joriy etilishi mumkinligini tushunamiz, biroq biz mustaqil siyosatga ko‘ra ish tutamiz”, — deydi Bipin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Hindiston kelgusida Rossiyadan Kamov vertolyotlari va boshqa harbiy texnikalarni xarid qilishni rejalashtirmoqda.
Rossiya va Hindiston o‘rtasida harbiy texnika yetkazib berish uchun 5,43 milliard dollarlik shartnoma imzolangan.
Izoh (0)