AQShning Nyu-York shtatidagi Skoxari shahri yaqinida yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “TASS”. Ma’lumotni shtat gubernatori Endryu Kuomo tasdiqladi.
Hodisa 6-oktabr kuni yuz bergan. To‘y kortejidagi limuzin avtomobil yo‘lida boshqa transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.
Ayni paytda hodisa sabablari va u yuz bergan vaziyat o‘rganilmoqda.
Izoh (0)