Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshshahartransxizmat” xodimi va Damas haydovchisi o‘rtasidagi mojaro videosi tarqaldi. Video ayolning o‘zi tomonidan olingan, deya xabar beradi IIBB matbuot xizmati.
Foydalanuvchilarni nafaqat erkak haydovchining qilig‘i, balki uni chetga tortgan, biroq jamoat tartibini ta’minlash uchun chora ko‘rmagan ichki ishlar xodimining hatti-harakati ham taajjubga soldi.
Toshkent shahar IIBB mojaroning barcha ishtirokchilari shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda. Mazkur holat sinchiklab o‘rganiladi, ichki ishlar xodimiga nisbatan esa xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
Izoh (0)