Shavkat Mirziyoyev davlat rahbarlari orasida birinchi bo‘lib Tojikiston prezidentini tavallud kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.
O‘zbekiston Prezidenti hozirda Yaponiyada rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Emomali Rahmonga qo‘ng‘iroq qilib, tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Telefon orqali muloqot davomida ikki davlat yetakchilari o‘zbek-tojik hamkorligining hozirgi holati, shuningdek, rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.
Qayd etish joizki, Emomali Rahmon ham Shavkat Mirziyoyevni birinchilardan bo‘lib tug‘ilgan kuni bilan qutlagan edi.
Ma’lumot uchun, Tojikiston rahbari 5-oktabr kuni 66 yoshga to‘ldi.
Izoh (0)