Toshkent viloyat yuridik kollejida ikkinchi va undan keyingi ta’lim olish bo‘yicha hujjatlarni qabul qilish boshlandi. Abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish 2018-yilning 2—25 oktabr-kunlari amalga oshiriladi.
Abituriyentlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- yuridik kollej direktori nomiga ariza;
- umumiy o‘rta (11-sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);
- 3,5×4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
- 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;
- pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.
Hujjatlar yuridik kollejda har kuni soat 8.30 dan 18.00 gacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani, Istiqbol MFY, Xiyobon ko‘chasi, 2-uy. Avvalgi Yuqorichirchiq tuman transport va iqtisodiyot kolleji binosi.
Murojaat uchun telefonlar: 280-51-05, 253-99-93.
Izoh (0)