Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Abdurahmon Abdumavlyanovich Qayumov Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga sogliqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Unga birinchi navbatda institutni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, gematologiya sohasidagi kasalliklarni tashhislash, davolash va oldini olishni yanada ratsional usullarini amalda qo‘llash, qon tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash va konsultativ yordam ko‘rsatish, sohadagi innovatsion va zamonaviy samarali davolash usullari hamda ilmiy ishlar natijalarini tatbiq qilish, qon tizimi kasalliklarining diagnostikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi masalalarini o‘rganish kabi muhim vazifalar yuklandi.
Shuningdek, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, bu borada xorijning nufuzli muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, hududlardagi gematologiya bo‘limlariga metodik yordam ko‘rsatish, qon tizimi kasalliklarini oldini olish va davolash masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarga ham mas’ul etib belgilandi.
A. Qayumov bugungacha Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)