Omonat – bu nafaqat mablag‘ni saqlash usuli, balki kapitalni ko‘paytirish imkoniyati hamdir. O‘zbekiston Milliy banki mamlakatning eng yirik va barqaror moliyaviy institutlaridan biri sifatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun qulay va ishonchli depozit turlarini taklif etadi.
NBU’ga omonat joylashtirish orqali mijozlar o‘z mablag‘larining ishonchli himoyalanishi va xavfsizligiga to‘la ishonch hosil qilishlari mumkin. O‘zbekiston Milliy banki omonatlarni kafolatlash tizimining ishtirokchisi hisoblanadi. Omonatlarning himoyasi O‘zbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi. NBU’da ochilgan omonatlar bankning moliyaviy barqarorligi bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Milliy banki mijozlarning talablariga mos ravishda turli xil depozitlarni taklif etadi. Depozitni milliy valyuta hamda xorijiy valyutalarda (AQSH dollari, Evro) ochish mumkin.
“Jozibali” omonati – qisqa muddatda maksimal daromad olish uchun
- Omonat muddati: 6 oy
- Foiz stavkasi:
- Bank bo‘limida ochilganda – yillik 21%
- Milliy mobil ilovasi orqali ochilganda – yillik 22%
- Foizlarni to‘lash: har oy
- Minimal summa: 500 000 so‘m
- Muddatidan oldin yopilganda:
2 oygacha – yillik 0%
2 oydan ortiq – yillik 13%.
- “Milliy” mobil ilovasi va bank ofislarida ochiladi
“Status” omonati – xorijiy valyutadagi yirik jamg‘armalar uchun
- Valyuta: AQSH dollari
- Omonat muddati: 30 oygacha
- Minimal summa: 100 000 AQSH dollari
- Foiz stavkasi: muddatdan qat’i nazar, yillik 5%
- Qo‘shimcha to‘ldirish: butun muddat davomida ruxsat etiladi
- Faqat bank ofislarida ochiladi.
NBU mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida Milliy mobil ilovasi orqali depozitlarni masofadan boshqarish imkoniyatini taqdim etadi. Ilova yordamida hisob holatini kuzatish, omonatni to‘ldirish va hisoblangan foizlarni filialga tashrif buyurmasdan olish mumkin.
NBU tomonidan taklif etilayotgan omonatlar to‘liq ro‘yxati bilan batafsil bank veb-saytida tanishishingiz mumkin.https://nbu.uz/jismoniy-shaxslar-omonatlar
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)