“O‘zavtosanoat” AJ GM Uzbekistan “Shahrixon-Avto Ravon” AJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kelishuvni bekor qilinishiga dilerlik markazi tomonidan tizimli ravishda kelishuv shartlarining buzib kelinishi, GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflikning mavjud emasligi, ish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yishlik, avtomobillarni sun’iy bronlash, xaridorlar o‘rtasida talab katta bo‘lgan avtomobillarni “yopiq garajlarda” saqlanishi, rasmiy narxlarning ochiq ma’lumot tarzida mavjud emasligi, shartnoma tuzish uchun mavjud bo‘lgan avtomobillar haqida yolg‘on ma’lumotlar berilishi, faoliyat yuritmaydigan call-markaz, xodimlarning dilerlik markazlari standartlariga nomunosibligi sabab bo‘ldi.
Kompaniya ana shunday qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yayotgan dilerlik markazlarini aniqlash borasida ishlarni davom ettiradi.
Agar siz dilerlik markazlarida ana shunday qonunga xilof holatlarning guvohi bo‘lsangiz yoki sizdan avtomobil uchun qo‘shimcha pul talab qilishsa, darhol 71 141 77 77 raqamlari orqali GM Uzbekistan call-markaziga yoki O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 10-07 yagona ishonch raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin. Barcha qonunga xilof harakatlar alohida nazoratga olingan.
Izoh (0)