Shavkat Mirziyoyev prezident Emomali Rahmonning taklifiga binoan 27-sentabr kuni Tojikistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Dushanbe xalqaro aeroportida davlat rahbarini Tojikiston prezidenti kutib oldi.

Tashrif doirasida bugun Dushanbe va Tursunzoda shaharlarida qator ikki tomonlama tadbirlar o‘tkaziladi. Shavkat Mirziyoyev ertaga MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.