“Muruvvat teks” Toshkentdagi “Qoratosh” trikotaj fabrikasini auksionga qo‘ydi, deb yozadi Spot E-ijro Auksion ma’lumotlariga tayanib.
Fabrika Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan bo‘lib 2 qavatdan iborat, 23 xona va yerto‘la ham mavjud.
Bino 2005-yilda qurilgan bo‘lib, gaz, suvga ega.
Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,58 ga, binoning umumiy maydoni — 2 318 kvadrat metr.
Binoning qurilish osti maydoni — 0,124 ga.
Auksion 26-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi, arizalar 24 oktabrgacha qabul qilinadi.
Baholangan narx 12 milliard so‘m, zakalat puli esa 633 million so‘mni tashkil etadi.
Izoh (0)