Joriy yilning 26-sentabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti (ISO) bosh assambleyasining 41-yig‘lishi o‘z ishini boshladi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi “Daryo”ga xabar berdi.
Yig‘ilish oldidan 25-sentabr kuni O‘zbekistonda xalqaro standartlarni joriy etish, ISO tashkiloti texnik qo‘mitalari va O‘zbekistondagi mavjud texnik qo‘mitalar faoliyatini tubdan yaxshilash, eksportbop-raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishda va ichki bozorga sifatsiz mahsulotlarning kirib kelishi oldini olish, samarali xalqaro hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish masalalari yuzasidan ISO tashkiloti bosh kotibi Serxio Muika, bosh kotib o‘rinbosari Nikolas Fleri va “O‘zstandart” agentligi bosh direktori Dilshod Sattorov, Xalqaro munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i A.Orifboyev, O‘zbekistonning Shveysariyadagi doimiy vakili U.Lapasov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
26—28-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan Bosh Assambleya yig‘ilishda 165 dan ortiq mamlakatlarning standartlashtirish idoralari rahbalari va ekspertlari ishtirok etadi.
Ushbu tadbirda ISO tashkilotining turli texnik qo‘mitalari faoliyati, rivojlanayotgan davlatlarning standartlashtirish tizimini sifat jihatdan yangilash mexanizmlari, standartlashtirish sohasiga oid turli xil mavzularda sessiyalar va bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Izoh (0)