Eron tashqi ishlar vazirligi 28 kishining umriga zomin bo‘lgan Axvaz shahridagi harbiy parad vaqtida yuz bergan terakt tufayli Niderlandiya va Daniya elchilari hamda Buyuk Britaniyaning muvaqqat vakilini chaqirtirdi. Bu haqda vazirlik vakili Bahrom Qosimiy ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
TIV uch davlat vakillariga ular Axvazda yuz bergan teraktga aloqador bo‘lgan terrorchi guruhlarni o‘z mamlakatlarida yashirib kelayotgani to‘g‘risidagi Eron yondoshuvini bildirdi.
Qosimiyga ko‘ra, Eron allaqachon bu davlatlar hukumatlariga terrorchilar hali ham ularning hududlarida ekanini ma’lum qilgan hamda jinoyatchilarni hibsga olib, sud qilishga chaqirgan.
“Yevropa ittifoqi ushbu terrorchi guruhlarni to ular Yevropa hududida jinoyat sodir etmagunga qadar o‘zining qora ro‘yxatiga kiritmayotganini qabul qilib bo‘lmaydi”, deya ta’kidladi Qosimiy.
TIV vakili ushbu terakt Niderlandiya va Daniya tomonidan qat’iy qoralanishi, shuningdek, aybdorlar Eronga ekstradatsiya qilinishiga umid bildirishini ma’lum qildi.
Izoh (0)