Ozarbayjonda kattaligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi balchiqli vulqon — Otman-Bozdag otila boshladi, deb yozadi “Vesti.ru”.
U Apsheron yarim orolida, mamlakat poytaxti Bokudan 35 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan.
Ozarbayjon ekologiya va tabiiy resurslar vaziri ma’lum qilishicha, vulqon 23-sentabr, yakshanba kuni “uyg‘ongan” va ikki marta 200—300 metr balandlikka balchiq shiddat bilan otilib chiqqan. Shundan keyin vulqonga yondosh hududlarda 40 metrgacha chuqurlikda yoriqlar paydo bo‘lgan.
Bungacha Otman-Bozdag balchiqli vulqoni 2017-yil 6-fevralda otilgan.
Izoh (0)