Meksikaning Sonora shtatida 19-E tropik po‘rtanasi 170 mingga yaqin odamning mol-mulkiga zarar yetkazdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Kuchli yomg‘irlar oqibatida eng ko‘p jabrlanganlar soni Ermosilyo, Guayamas, Kaxeme, Alamos, Bakum, Benito-Xuares, Empalme, Etchoxoa, Uatabampo munitsipalitetlarida qayd etilgan.
Favqulodda rejim holati Sonoraning biryo‘la 11 ta munitsipalitetida e’lon qilingan. U yerda kuchli yomg‘irlar oqibatida bir qator aholi punktlarini suv bosgan.
Sonorada 21-sentabr kuni kichkina bola halok bo‘lgan. Ikki yoshli bolani suv oqimi olib ketgan.
Izoh (0)