Tanzaniyadagi Viktoriya ko‘lida yo‘lovchi paromi ag‘darilib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 136 kishiga yetdi, deb yozadi “RIA Novosti” politsiya vakiliga tayanib.
Hodisa 20-sentabr, payshanba kuni yuz berdi. Kema Yukora orolidagi prichal yaqinida ag‘darilib ketgan. Agence France Presse axboroti bo‘yicha, bortda 200 kishi bo‘lgan, bu kema uchun belgilangan me’yordan ikki barobar ko‘p demakdir. Shuningdek, kema makkaxo‘jori, banan va sement kabi yuklarni ham olib ketayotgan edi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, paromda 300 dan ortiq kishi bo‘lgan.
Izoh (0)