Filippinning Sebu provinsiyasida yer o‘pirilishi natijasida halok bo‘lganlar soni 29 kishiga yetdi, deb yozadi “RIA Novosti” politsiyaga tayanib.
Mahalliy politsiya boshlig‘i Roderik Gonsales ma’lum qilishicha, yer ko‘chishi natijasida yana yetti kishi jabrlangan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, tuproq uyumlari ostida yana odamlar bo‘lishi mumkin.
Avvalroq 64 kishi bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan edi.
Hodisa Naga shahrida 20-sentabr kuni ertalab yuz berdi. 25 ga yaqin uylarga zarar yetdi, bir necha o‘n kishi xarobalar ostida qoldi. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, yer o‘pirilishlariga kuchli jala sababchi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 14-sentabr kuni Filippin shimoli-sharqiy sohillariga “Mangxut” to‘foni yopirilgan edi.
Izoh (0)