Nyu-Yorkda ayol kishi pichoq bilan bolalar bog‘chasiga hujum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net” mahalliy OAVlarga tayanib.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hujumni 52 yoshli ayol amalga oshirilgan, shuningdek, u o‘ziga ham jarohatlar yetkazgan. U huquqni himoya qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hujum oqibatida besh kishi, shu jumladan, uch bola jabrlandi. Shuningdek, bolalar markazining bir xodimasi va bolalardan birining onasi yaralandi.
Izoh (0)