Turkiya antimonopoliya qo‘mitasi Google kompaniyasini mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minot sotish sohasida raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzgani uchun 93 million turk lirasi (taxminan 15 million dollar) miqdorida jarimaga tortishga qaror qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Jarimaga tortilgan Google, Google International va Google Reklamcilik kompaniyalari olti oy ichida bu qonun buzilishini bartaraf etishi va bozorda samarali raqobatni tiklashi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)