A-373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida 6 ta fotoradar o‘rnatildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB YHXB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Onlayn tizimida ishlovchi “Arena” statsionar fotoradarlari yo‘lning 221—284 kilometrlari oralig‘ida o‘rnatildi. Ular 18-sentabrdan boshlab qoidabuzarliklarni qayd etishni boshladi.
Shuningdek, ushbu oraliqda “Qamchiq avtoyo‘l” unitar korxonasi bilan hamkorlikda harakat xavfsizligini ta’minlashga da’vat qiluvchi 6x3 o‘lchamidagi 8 ta banner ham o‘rnatildi. Yaqin orada yana 15 ta shunday banner tayyorlanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 8 oyi davomida dovonning viloyat hududidagi qismida 43 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 37 kishi jarohat oldi.
Izoh (0)