Prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan fuqaro J.A.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.
“Vatanparvar” tashkiloti Buxoro avtomobil maktabi o‘qituvchisi F.N. J.A.ni aldab, uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga kiritish va imtihondan o‘tkazib berish evaziga 500 ming so‘m olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan F.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)