• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    Katta mablag‘ uchun ko‘p ma’lumotlar: yangi texnologiyalar kelishi bilan banklar qanday o‘zgaradi. Armaniston misolida

    Softline xalqaro IT-kompaniyasi O‘zbekistonga yaxshi tanish, 2004-yildan boshlab kompaniya tomonidan bu yerda ko‘plab yirik loyihalar joriy qilingan. Masalan, yaqinda Softline sho‘’ba korxonalaridan birining mutaxassislari tomonidan “O‘zbektelekom” aksionerlik kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik loyiha amalga oshirildi.

    Softline MDHning boshqa mamlakatlari hududlarida ham katta loyihalarni amalga oshirib kelyapti. Ameriabank uchun Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining (MQM) ishga tushirilishi Armanistonda haqiqatan ham keskin o‘zgarishga olib kelgan loyiha bo‘ldi. Yerevanda o‘tkaziladigan konferensiyada eng yangi va kuchli MQM bilan batafsil tanishish uchun Softline kompaniyasi O‘zbekiston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston va Rossiyadan jurnalistlarni taklif qildi.

    IT-yechimlarning peshqadam global yetkazib beruvchisi

    Softline o‘z faoliyatini 1993-yilda Rossiyada boshlagan, bugungi kunda Sharqiy Yevropa, Amerika va Osiyoning 50 mamlakatidagi 95 ta shaharda o‘z vakolatxonalariga ega. Yirik korporativ buyurtmachilardan tortib o‘rta va kichik korxonalargacha bo‘lgan har xil ko‘lamdagi 60 mingdan ortiq xususiy va davlat tashkilotlari Softline mijozlaridir. 2017-moliyaviy yil natijalariga ko‘ra Softline yillik aylanmasi 1,19 milliard dollardan oshgan.

    MDH hududida zamonaviy axborot texnologiyalarini eksport qilish sohasida peshqadam hisoblanadigan Belarusda Softline mutaxassislari Minskdagi yirik Respublika ma’lumotlarni qayta ishlash markazini (RMQM) foydalanishga topshirishda ishtirok etdilar.

    O‘zbekiston Respublikasida, aytib o‘tganimizdek, “O‘zbektelekom” milliy operatorining ma’lumotlarni qayta ishlash markazida bulutli servislarni taqdim etish uchun Huawei va yetakchi IT-kompaniyalarning apparat va dasturiy yechimlariga moslashtirilgan platformalar tashkil etilgan. Loyihani amalga oshirish natijasida, “O‘zbektelekom” ma’lumotlarni qayta ishlash markazi (MQM)dan video-konferens-aloqalar, virtual ish stoli (Virtual Desktop Infrastructure, VDI), xosting saytlar, virtual infratuzilmalar taqdim etiladi. Kelajakda servislarning tayanch to‘plami Elektron hujjatlar aylanmasi, davlat hujjatlari arxivi, axborot xavfsizligini ta’minlash uchun servislar va boshqa bulutli servislar bilan bog‘liq bulutli xizmatlar bilan to‘ldirib boriladi.

    Yerevanda bizga juda murakkab narsalar haqida oddiy va ravon qilib tushuntirib bera oladigan o‘z sohasining bilimdonlari, o‘qimishli va ilg‘or suhbatdoshlar bilan muloqotda bo‘lish nasib qildi.

    Noyob binoda joylashgan noyob bank

    Ameriabank Armaniston poytaxtining bir asrdan ortiq vaqt mobaynida bankirlarga ma’qul bo‘lib kelayotgan qismidagi Vazgen Sargsyan ko‘chasida joylashgan. Ameriabank – Armanistonda 1910-yilda tashkil etilgan va “Kavkaz savdo uyining Yerevan filiali” deb atalgan eng dastlabki banklardan birining vorisi hisoblanadi.

    O‘sha paytdan buyon, yuz yildan oshiq vaqt davomida SSSR Tashqi iqtisodiy bankining arman filialidan tortib “Armimpeksbank”gacha, garchi nomi, ixtisosligi va mulkka egalik shakli o‘zgargan bo‘lsa-da, shu ko‘chada bir zaylda turdi.

    Agar Yerevanga yo‘lingiz tushsa, albatta bir necha qavatini Ameriabank egallagan “Kamar” biznes-markaziga tashrif buyuring.

    Biznes-markazda Property Development Company quruvchi kompaniya direktori Artashes Kazaxesyan bilan qilgan ekskursiyamiz davomida ajoyib faktni bilib oldik.

    Bizni ajablantirgani faqatgina bu binoning Britaniyaning BREEAM kompaniyasi tomonidan sovutish, isitish va yoritish tizimlarida energiya samaradorligi tamoyiliga amal qilinadigan ekologik qurilish standartlari bo‘yicha sertifikatsiyalangan Kavkazdagi birinchi bino ekanligi emas.

    Rossiya, Qozog‘iston, Belarus va Gruziya jurnalistlarini, shu jumladan ushbu satrlar muallifini lol qoldirgani, bu uchinchi ming yillikdagi biznes-markazda 1927-yilda arxitektor Nikolay Buniatyanning loyihasi bo‘yicha va Aleksandr Tamanyanning nazorati ostida kul rang shishasimon tog‘ jinsi – bazaltdan bunyod etilgan Qishloq xo‘jaligi bankining old tomoni saqlanib qolingani bo‘ldi. 1910-yilda arxitektor Mikael Ogandjanyanning loyihasi bo‘yicha Amasiya qora tufidan barpo etilgan «Tifliss tijorat banki” binosining tarixi esa bundan-da ajoyib: bino eskirganligi sababli uni buzishga to‘g‘ri kelgan, biroq buzishdan oldin har bir toshga tartib raqami qo‘yib chiqishgan va uni shu raqamlar bo‘yicha qaytadan tiklashgan.

    Shu tariqa arman quruvchilari shisha va metalldan foydalangan holda bino qurishda qadimiy arman va Yerevan me’moriy an’analarini zamonaviy innovatsion yechimlar bilan uyg‘un holda birlashtirishga erisha olganlar.

    Tigran Djrbashyan

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Men, Ameriabank direktorlari Kengashi a’zosi, rivojlantirish bo‘yicha direktor Tigran Djrbashyan bilan suhbatlashish baxtiga muyassar bo‘ldim. Serg‘ayrat, zukko Tigran – nafaqat bankir, balki olim, u 130 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi ham. Armaniston, Rossiya, AQSh va Vengriyada tahsil olgan. Ameriabankda o‘n yildan buyon ishlaydi.

    O‘z kasbiy sirim bilan o‘rtoqlashaman: bunday suhbatdoshlar jurnalistlarning ishini ancha osonlashtiradi. Sizdan talab etiladigani, uning gaplarini diktofonga yozib olasiz xolos, so‘ngra uni shunchaki qog‘ozga tushirasiz.

    Tigran Djrbashyan mana nimalarni aytib berdi:

    – Jahon bank tizimi hozirgi kunda global trendni boshidan kechirmoqda: ko‘plab yirik banklar endilikda o‘zlarini nafaqat shunchaki bank sifatida, balki texnologik platformalar sifatida ham namoyish etmoqdalar. Bank bugungi kunda, birinchi navbatda – bu ma’lumotlar, hammadan ham ko‘ra mijozlar bo‘yicha axborotlarning katta oqimi (Data) degani. Butun dunyo shu yo‘nalishdan bormoqda, faqat har xil tezlikda. Biz endilikda mijozlarning bankka kelib ketishlariga umuman zarurat qoldirmaydigan, juda ko‘p avtomatlashtirilgan mahsulotlarni joriy etyapmiz. Butun asosiy oqim ma’lumotlarni qayta ishlash orqali bo‘lib o‘tadi.

    Aytaylik, biz mintaqalarda filial tarmoqlarimiz soni bo‘yicha yetakchi emasmiz, biz buni ataylab o‘z oldimizga asosiy maqsad qilib qo‘ymaganmiz. Aksincha, asosiy urg‘uni texnologik yechimlar, onlayn yechimlar, dijital (raqamli) yechimlar, aloqa vositalari sohasidagi yechimlarga qaratganmiz.

    Ameriabank filiallardan ko‘ra aynan data-markazlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari (MQM) singari kuchli zamonaviy yechimlarga investitsiya kiritishni ma’qul ko‘radi. Shu sababli filial tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha biz yaqin raqiblarimizga yutqazsak-da, Softline kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan zamonaviy Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga ega ekanligimiz tufayli ayni vaqtda ulardan ancha ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatamiz.

    Ameriabank bu sohada ko‘p ish olib boradi va Softline kompaniyasining data-markazi biz investitsiya kiritgan loyihalardan biridir. MQM – bu xarajat degani emas, balki istiqbolga kiritilgan sarmoyadir, u qachonlardir, uzoq kelajakda qandaydir yordami tegadigan loyiha emas, balki hozirning o‘zidayoq eng murakkab vazifalarga yechim topishda yordam bermoqda. MQM tufayli amaliyotlar soni o‘nlab martaga ko‘paydi.

    Data-markazga joylangan resurslar yaqin bir necha yil ichida bizning ma’lumotlarni saqlash va ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha ehtiyojlarimizni qoplash uchun yetarli bo‘ladi deb hisoblaymiz, agar bu vaqt ichida M&A (Mergers and Acquisitions, qo‘shilish va singib ketish) bo‘yicha bitimlar amalga oshirilmasa albatta.

    Ameriabank ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yaratilishi - Softline kompaniyasi bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasidir. Bu faoliyat sohasi, bu yo‘nalish biz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Biz bozorda o‘zimizni aynan bank axborot texnologiyalari sohasidagi eng innovatsion bank sifatida namoyish etamiz. U vazifani hal qilish uchun bank miyasi bo‘lgan data-markaz yaratilgan, bu uning asosi, qolgan barchasi uning atrofida barpo etiladi.

    Sizda tushuncha paydo qilish uchun Ameriabank haqida qisqacha so‘zlab beraman.

    Biz ichki bozorda yetakchimiz, buning ustiga bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha arman banki MDHning ko‘plab mamlakatlaridan raqobatbardoshligi bilan farq qiladi. MDHning hech bir davlatida bunday darajadagi raqobat yo‘q: O‘zbekistonda ham, Rossiyada ham, Ukrainada ham, Gruziya, Ozarbayjon va Qozog‘istonda ham.

    O‘zingiz qarang: Rossiyada asosan ikkita bank: Sberbank va VTB bankka ichki bozorning 80% dan ortig‘i tegishli. Gruziyada ham asosan ikkita bank – Bank of Georgia va TBC – bozorning 76-78 foizini egallaydi. Armanistonda esa beshta eng yirik bank bozorning atigi 52%ni nazorat qiladi.

    Mana shunday raqobat sharoitida biz bugungi kunda barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Armanistondagi eng yirik bank hisoblanamiz. Biz korporativ kreditlar bo‘yicha, aktivlar bo‘yicha, sof foyda bo‘yicha, kredit portfeli bo‘yicha, depozitlar bo‘yicha, xorijiy manbalarni jalb qilish bo‘yicha birinchimiz. Biroq shunga qaramasdan bankning ichki bozordagi solishtirma massasi taxminan 20%. Bankimizning raqiblardan ustunligi ortib bormoqda, albatta. Biz muvaffaqiyatli rivojlanyapmiz: bozordan ikki barobar tez, raqiblardan ikki barobar ko‘p va bugungi kunda bir qator ko‘rsatkichlarimiz bo‘yicha eng yaqin raqibimizdan bir yarim-ikki barobar oldindamiz.

    Ameria Group (CY) Limited 2008-yilda bankni sotib olgan paytda, u Armaniston bank tizimida oxiridan ikkinchi o‘rinda edi, ya’ni mamlakatdagi 22 ta bank ichida 21-o‘rinda turardi. Biz juda yaxshi komanda yig‘a olganimiz, rivojlangan infratuzilma yarata olganimiz tufayli Ameriabank bank tizimida yetakchi o‘ringa chiqa oldi.

    Ameriabank butun MDH hududida eng tez o‘sayotgan banklardan biri hisoblanadi. Kavkaz mintaqasida faqatgina Gruziyadagi ikkita bank – Bank of Georgia va TBC Bank bizdan oldinda, Ozarbayjon banklari esa milliy valyuta devalvatsiya qilinganligi tufayli o‘z aktivlarining sezilarli qismini yo‘qotib, o‘z mavqeilarini qo‘ldan boy berdilar.

    Hozirgi kunda bankda 800 ga yaqin xodim mehnat qiladi. Biz bankimizning yangi binosi bilan juda faxrlanamiz. Binoning “yashil” statusi Softline mutaxassislari oldiga kelajak MQMning muhandislik tizimlarini loyihalashtirish va qurilish hamda montaj ishlarining butun kompleksini BREEAM qatiy talablariga, Yevropaning yong‘in xavfsizligi sohasidagi ISO standartlari, TIER III mustahkamlik darajasi talablariga javob beradigan qilib amalga oshirish vazifasini qo‘ydi. Yaxshisi bu haqda sizga Ameriabank-ning IT va avtomatlashtirish Boshqarmasi rahbari Shavarsh Voskanyan gapirib beradi.

    Shavarsh VoskanyanVazmin, mulohazali va tashqi ko‘rinishidan o‘ta bosiq Shavarsh quyidagilarni so‘zlab berdi:

    Tigran Djrbashyan aytganidek, Ameriabank xalqaro kompaniya – bank xizmatlari ko‘rsatish sohasida yetakchi bo‘lishga intilmoqda. Bunday balandparvoz maqsadlarga erishish uchun raqamli banking texnologiyalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Bank tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlarning miqdori va sifati o‘sishini ta’minlash, shuningdek to‘xtamasdan ishlashning yuqori darajasiga ega bo‘lish uchun biz yangi MQM tuzishga qaror qildik. Vazifaning murakkabligi shunda ediki, yangi MQM ni aynan shu binoda joylashtirish ko‘zda tutilgan, binoda esa o‘sha paytda qurilish ishlari borayotgan, shu sababli 100 kvadrat metrli maydon ajratilgan edi. 24 ta javon, shundan 20 tasi serverlar bilan, to‘rttasi – tarmoq uskunalari, sovitish tizimi, namlik nazorati va ventilyatsiya bilan band, shuningdek uzluksiz ta’minot manbalari, batareya javonlari, shularning hammasiga shu joy. Odatda turli xonalarga joylashtirilishi lozim bo‘lgan mana shularning hammasini bitta xonaga joylashtirish talab etilardi.

    Buning ustiga MQM uskunalarini, ularning mustahkam turishini ta’minlash oson bo‘ladigan odatdagi birinchi qavatda yoki yerto‘laga emas, balki ikkinchi qavatga joylashtirishga to‘g‘ri keldi. Armanistonda ham, sizning O‘zbekistoningiz singari zilzila bo‘lish xavfi yuqori. Zilzilabardoshlik talablariga ko‘ra data-markazning germozonalarida falshpol tirgaklar bilan mustahkamlandi. Server javonlari falshpolga mustahkam o‘rnashishi uchun kronshteynlar bilan jihozlandi – yer osti silkinishlarida bunday mahkamlash vositalari Schneider-Electric javonlarini ag‘darilib tushishdan saqlaydi.

    Tomning tutib turish quvvatining chegaralanganligi masalasini ikki yo‘l bilan hal qildik. Birinchisi, an’anaviy usul: birinchi qavat tomini po‘lat profil hisobiga mustahkamlash. Ikkinchisi, hisoblash va tarmoq uskunalarining uzluksiz ta’minot manbasida litiy-ionli batareyalardan foydalanildi – ular qo‘rg‘oshin-kislotali batareyalarga qaraganda ikki marta kichik va uch barobar yengil, ikki barobar ko‘proq muddat xizmat qiladi. Biz sharqiy Yevropada birinchi bo‘lib MQM uchun bunday batareyalardan foydalandik.

    Tan olaman, vaqt juda qatiy chegaralanganligi tufayli Softline kompaniyasi loyihani talab etilayotgan muddatlarda tugata olmasligi mumkin, degan hadik bor edi. Biroq xavotirga o‘rin qolmadi. Biz kompaniyaning o‘z ishiga usta xodimlariga ham, qurilish va montaj ishlarining sifatiga ham juda qoyil qoldik. Softline shunga o‘xshash obyektlarni bunyod etish bo‘yicha o‘zining yuqori darajada professional ekanligini amalda isbot qildi. Ular belgilangan muddatlarda qanday ulgurganligini Softline kompaniyasining Armanistondagi direktori Sargis Arutyunyan aytib bera qolsin.

    Sargis Arutyunyan

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ha, Shavarsh Voskanyan to‘g‘ri aytdi. Muddat juda qisqa edi. O‘zingiz mulohaza qilib ko‘ring: Ameriabank tomonidan ma’lumotlarni qayta ishlash markazi yaratilishi to‘g‘risida tanlov e’lon qilingandan boshlab uni foydalanishga topshirilguniga qadar atigi o‘n ikki oy o‘tdi. Loyihani ishlab chiqish uchun 30 kun va uni amalga oshirish uchun 90 kunni ham shunga qo‘shing. Muddat juda qisqa edi, degani bu hali hech narsa degani emas. Faqatgina yirik uskunani yetkazib berishning o‘ziga o‘n hafta ketdi.

    Biz o‘n yildan buyon Armanistonda faoliyat yuritamiz. Turli xil buyurtmachilar bilan ishlashga to‘g‘ri kelgan, ya’ni buyurtmachilarimiz 100 ga yaqin, ularning ichida davlat korxonalari ham, tijorat korxonalari ham bor. Bu asosan davlat moliyaviy sektori. Ameriabank bilan 2012-yildan buyon faol hamkorlik qilyapmiz, birgalikda bir qator loyihalarni bajardik.

    Softline mutaxassislari oldida bo‘lg‘usi MQMning muhandislik tizimlarini loyihalashtirish hamda qurilish va montaj ishlarining butun kompleksini amalga oshirish vazifasi turar edi.

    Bankning bizga data-markaz qurish imkoniyatini berganligi biz uchun katta sharaf edi, chunki ma’lumotlarni qayta ishlash markazi bu innovatsiya texnologiyalari, axborot texnologiyalarini rivojlantirish uchun poydevor bo‘lib, bugungi kunda biznesni raqamlashtirish – Digital Transformation – barcha turdagi biznes uchun asosiy yo‘nalish hisoblanadi.

    Softline kompaniyasi mijozlarning manfaatlarini hurmat qiladi. Biz buyurtmachilarimiz rivojlanishi, bozorning katta foizini egallashlari uchun mehnat qilamiz. Bizning raqobatbardoshligimiz shundaki, boshqa bozorlarda olingan tajribadan foydalanishni, uni to‘plashni va buyurtmachiga bera olishni bilamiz.

    Masalan, Ameriabank data-markazini qurishda Belarusning poytaxti Minskda data-markaz qurish tajribasi qo‘l keldi. Bu haqda yaxshisi Softline texnik eksperti Kirill Solyev aytib bera qolsin.

    Kirill Solyev

    Avval boshdanoq buyurtmachi Softline oldiga shunday data-markaz qurish vazifasini qo‘ydiki, unga ko‘ra markazning to‘xtab qolmasdan ishlay olish parametrlari TIER III standartlariga iloji boricha yaqin bo‘lishi kerak edi. Bu esa ma’lumotlarni qayta ishlash markazida IT-nagruzkani to‘liq o‘chirmasdan turib qurilmalardan yoki tarmoqlardan birida ta’mirlash ishlari yoki profilaktik xizmat ko‘rsatish imkoniyati ko‘zda tutilishi kerakligini bildiradi.

    Sargis to‘g‘ri aytdi, Softline kompaniyasi Uptime Institute tashkilotining Belarus Respublikasida qurilgan MQM uchun berilgan tavsiyalari va standartlari negizida ushbu loyihani yaratdi. Pudratchining bunday tajribaga egaligi Ameriabank ning aynan Softline’ni tanlashi uchun asosiy mezon bo‘ldi.

    Farqi shundaki, beloruslarning MQM birinchi navbatda tijorat markazi hisoblanib, bulutli xizmatlarni sotish uchun yaratilgan. Yerevanda esa bank MQMni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun yaratdi. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik – TIER III standartlarining qo‘llanilganligi. Yana ularning ko‘lamlari ham farq qiladi. Belarusda MQM server javonlarining soni bo‘yicha 8 marta katta: unda 165 ta javon bor, kelgusida ularning sonini 600 taga yetkazish mo‘ljallangan.

    Mana bu zinani ko‘ryapsizmi (Kirill bizni biznes-markaz xollidagi metall zinalar tomon boshlaydi)? Muhandislik uskunalarining bir qismi liftlarga sig‘madi, shunda biz burama zina shaxtasiga kirish joyini ochdik, u yerga yukortgich qurilma o‘rnatdik, uning yordamida muhandislik tizimlarining bir qismini ikkinchi qavatga olib chiqdik.

    Qurilish 2017-yil dekabrda tugatildi.

    Bankning yangi binosida barcha zarur muhandislik tizimlari o‘rnatildi va montaj qilindi. Loyihani amalga oshirish natijasida Ameriabank aktivlarida keng ko‘lamli va texnologix jihozlangan, bankning barcha xizmatlari barqaror va samarali ishlashini ta’minlay olishga qodir MQM paydo bo‘ldi.

    Ishonchim komil, Ameriabank’niki singari bunday ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini yaratish – barcha banklarning ertangi kunidir.

    Reklama huquqi asosida

     

    20.09.2018, 18:00   Izoh (0)   21959
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qishloq qurilish bank” eng yaxshi hamkor deb e’tirof etildi

    20.09.2018, 16:30

    Uzbekistan Pass bilan qulay, xavfsiz va tejamli sayohat

    20.09.2018, 15:00

    Hamkorbank ATB biznesni rivojlantirish uchun xorijiy kredit liniyalar mablag‘laridan keng turdagi kreditlarni taklif etadi

    20.09.2018, 12:00

    Diqqat tender!!! Maktabgacha ta’lim vazirligi Sizlarni №t-0118-sonli tender savdolariga taklif etadi

    20.09.2018, 09:00

    Soch to‘kilishining aniq sabablari va unga qarshi samarali yechim!

    19.09.2018, 15:00

    FLO multibrend poyabzallar do‘konida 2+1 aksiyasi!

    19.09.2018, 14:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joriy yil yakunigacha inflyatsiya 8 foizga pasayishi kutilmoqda — Markaziy bank

    Iqtisodiyot | 19 may, 18:36

    Namanganda erkak do‘konda xotinini pichoqlab o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 19 may, 18:21

    O‘zbekistonda ayrim o‘qituvchilar 20 mln so‘m maosh olayotgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 19 may, 18:19

    Tramp Kamala Harrisga qarshi tergov boshlashni talab qildi

    Dunyo | 19 may, 18:07

    “Chuqur”: turk kinosanoatining eng muvaffaqiyatli seriallaridan biri qanday suratga olingan?

    Layfstayl | 19 may, 17:59

    Joriy yil o‘tgan davrida O‘zbekistonda 1,1 mln yangi ish o‘rni yaratildi — Mehnat inspeksiyasi

    O‘zbekiston | 19 may, 17:43

    Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi

    O‘zbekiston | 19 may, 17:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.