• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    G‘ofur Rahimov AIBA a’zolarini saylov oldidan OAVdagi gap-so‘zlarga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi

    Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan, uning nomzodi tashkilot rahbarligiga saylansa boks sport turining Olimpiada o‘yinlari dasturidan chiqarib tashlanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi, deb yozadi “Kun.uz”.

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    AIBA a’zolariga murojaat qilar ekan, G‘ofur Rahimov ularni bunday gap-so‘zlarga ishonmaslikka chaqirgan. Bayonot AIBAning rasmiy saytida e’lon qilingan.

    16-sentabr, yakshanba kuni Inside the games portali Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ning etika va talablarga muvofiqlik masalalari bo‘yicha direktori Pakeret Jirara Zapelli G‘ofur Rahimov nomiga xat jo‘natgani, unda u G‘.Rahimovni AIBA prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surishdan qaytargani, bu 2020-yilda Tokioda o‘tadigan yozgi Olimpiada dasturida boksning saqlanib qolishi borasida XOQ qaroriga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi yozilgani haqida xabar e’lon qildi.

    “Meni AIBA yetakchisi sifatida saylashgach, sportimiz avvalgi rahbariyat tomonidan hosil qilingan qiyinchiliklarni yengib o‘tishi uchun men boks hamda barchamizning ravnaqimiz uchun ko‘p ter to‘kmoqdaman. Mening kunlarim ham, tunlarim ham barchamiz faxrlanadigan, shaffof va demokratik bo‘ladigan, Olimpiya harakati va toza sport qadriyatlariga javob beradigan AIBA’ni yaratishga bag‘ishlanmoqda. Yaqin kunlarda tashkilot Direktorlar kengashining barcha lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi, hozirning o‘zidayoq ma’muriyat ushbu jarayon uchun aniq tavsiyalar taklif etish bo‘yicha yaxshi ishlarni amalga oshirdi. Bu bizning sportimiz uchun juda muhim, chunki biz tariximizda ilk marta samarali boshqaruv prinsiplari va shaffoflik uchun javob berishnigina emas, ularga rioya qilinishni ham ta’minlamoqdamiz”, — deb bayonot bergan Rahimov.

    “Oldimizda turgan saylovlarda AIBA qoidalari nihoyatda tushunarli: saylov komissiyasi talablariga javob beradigan rasmiy nomzodlar ro‘yxati kongressga bir oy qolganda — 3-oktabr kuni e’lon qilinishi kerak (AIBA prezidenti saylovi 3-noyabr kuni tashkilotning Moskvada tashkillashtiriladigan kongressida bo‘lib o‘tadi). Men AIBA’dagilarning barchasidan, tashkilot bilan bog‘liq barchadan bizning qoidalarimizni hurmat qilishlari, rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning ilgari surilishini sharhlashdan avval aytib o‘tilgan sanani kutishlarini so‘rab qolaman. Kelinglar, bizning demokratik jarayonimizga turli mish-mishlar xalaqit berishi va ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaylik”, — degan AIBA prezidenti v.b.

    “Aminmanki, AIBA’ga a’zo assotsiatsiyalar elektron xatlar va turli sportga oid saytlarda tarqatilayotgan mish-mishlar ta’siriga tushib qolishmaydi. Barchamiz o‘z tanlovimizni butun dunyoda boks kelajagi uchun nimalar yaxshi bo‘lishi uchun biz va faqat biz qayg‘urishimizni yodda tutishimiz muhimligidan kelib chiqib qabul qilamiz. Hech kim AIBA a’zolariga kim uchun ovoz berish yoki kimga ovoz bermaslikni ko‘rsata olmasligi kerak, shu sababli men sizlarning ko‘pchiliklaringizdan olganim — qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bitilgan xatlarni juda yuksak qadrlayman. 20 yildan ortiq vaqt ichida AIBA mening hayotim bo‘ldi, men sport turimizni hech qachon xavf ostiga qo‘ya olmayman va qo‘ymayman, men doim boksni birinchi o‘ringa qo‘yib kelganman va kelgusida ham shunday qilaman”, — deya o‘z so‘zlarini yakunlagan G‘ofur Rahimov.

    XOQ boksning 2020-yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlanib qolish-qolmaslik masalasini tashkilotning noyabrda bo‘lib o‘tadigan ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida muhokama etadi.

    Ayni paytda XOQ AIBA’ga nisbatan fevral oyida boshlangan surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda, mazkur qarorga Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tgan XOQ ijroqo‘mi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra kelingan.

    XOQni AIBA’ning boshqaruv, moliya va antidoping masalalari bo‘yicha hisoboti qoniqtirmagan. So‘ngra AIBA’ning sobiq rahbari Ching Kuo Vu iste’foga chiqarilgan, uning vazifasini Rahimov bajarishga kirishgan.

    18.09.2018, 19:06   Izoh (0)   27358
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Barselona”—PSV, “Liverpul”—PSJ. Bugun YChL yangi mavsumi boshlanadi

    18.09.2018, 10:28

    Umid Ahmadjonov: Chusovitinaning tajriba va irodasi oldida bosh egmay ilojimiz yo‘q

    18.09.2018, 10:03

    O‘zbekiston Kubogi—2019. “Paxtakor”—“Lokomotiv”, “Qo‘qon-1912”—“Qizilqum”. Bugun ikki yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ladi

    18.09.2018, 09:45

    Ravshan Ermatov va Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar OChL o‘yinlarini boshqaradi

    17.09.2018, 15:50

    Futbol bo‘yicha U23 Osiyo chempionati—2020 saralash bahslariga O‘zbekiston mezbonlik qiladi

    17.09.2018, 15:31

    O‘zbekistonlik bokschi Husniddin Po‘latov WBA Asia kamari sohibi bo‘ldi

    17.09.2018, 15:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.