“O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari — “Parrandasanoat” uyushmasi kengash raisi Yashin Abdurazzoqov Turkiya hamkorlik va koordinatsiya agentligining (TIKA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Ihsan Chaglar bilan uchrashdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Uchrashuvda respublikada parrandachilikni rivojlantirish, sohada malakali mutaxassislar tayyorlash va aholi xonadonlarida kasanachilik usulida parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash haqida so‘z bordi.
Shuningdek, parrandachilik mahsulotlarini eksport qilishga ko‘maklashish, xususan, parrandachilik mahsulotlarida o‘zbek brendini yaratishda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.
Ma’lumot uchun, TIKA tomonidan shu kungacha O‘zbekistonda 23,6 million AQSh dollari miqdoridagi 700 ta loyiha moliyalashtirilgan.
Izoh (0)