Belarus—O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-iyul oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb to‘rt barobar ko‘paydi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston—Belarus biznes forumi va kooperatsiya birjasida aytib o‘tildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatga rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlarda ikki davlat ishbilarmonlarining 300 dan ortiq vakili, shu jumladan, 38 ta yirik kompaniya ishtirok etmoqda.
Izoh (0)