Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya Isroilni Xan al-Ahmar qishlog‘ini vayron qilish qanday oqibatlar keltirib chiqarishidan ogohlantirdi. Bu haqda qo‘shma bayonotda so‘z yuritiladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Isroilliklar Quddus va O‘lik dengiz yo‘liga qo‘shni joylashgan Xan al-Ahmar qishlog‘ini o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb e’lon qilib, uni buzib tashlashga tayyorlamoqda. U yerda yashayotgan 200 ga yaqin falastinlik badaviylarni esa, chetdan ko‘p sonli noroziliklarga qaramasdan, majburan ko‘chirib yuborish rejalashtirilmoqda.
Avvalroq Isroil Oliy sudi mahalliy aholining qishloqni buzishga qarshi petitsiyasini rad etgan edi.
“Isroil hukumatini qishloqni, jumladan, unda joylashgan maktablarni yo‘q qilish va uning aholisini ko‘chirish bo‘yicha rejalarini davom ettirmaslikka da’vatimizni takrorlaymiz”, — deyiladi bayonotda.
Hujjatga ko‘ra, buzish va ko‘chirishning ushbu qishloq aholisi, shu jumladan, ularning farzandlari, shuningdek, ikki davlatni tashkil etish haqidagi qaror kelajagiga ta’siri juda jiddiy bo‘ladi.
Izoh (0)