Ukrainaning Ivano-Frankovskiy viloyatida yuz bergan YTH oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana to‘qqiz kishi jarohat oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, avariya Kolomiya shahrida yuz bergan, yengil avtomobil va yuk mashinasi to‘qnashib ketgan.
Xabar berilishicha, halok bo‘lganlarning ikki nafari 5—6 yoshli bolalar bo‘lgan, yana bir kishi kasalxonaga olib ketilayotganda halok bo‘lgan. Jabrlanganlar esa kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)