AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha Yevropa ittifoqiga bosim o‘tkazmoqda, biroq shu bilan bir vaqtda Rossiya bilan maxfiy kelishuvlarni olib bormoqda. Bu haqda Germaniyaning Handelsblatt gazetasi jurnalisti yozmoqda, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ballinning fikricha, Orbital ATK harbiy konsernining “Energomash” Rossiya xoldingi bilan bitimi bu da’voni tasdiqlaydi. Uning doirasida AQSh to‘rtta raketa dvigatelini sotib oldi, ularsiz Amerika Xalqaro kosmik stansiyaga yuklarni yetkaza olmas edi.
Ayni paytda, deb yozadi Ballin, kongressning Pentagonga nisbatan tanqidlariga ko‘pchilik e’tibor bermaydi — kongressmenlar AQSh Rossiyaning kosmik texnologiyalariga bog‘liq bo‘lib qolgani haqida ko‘p bora aytgan.
“Bu holatda tijoriy foyda siyosatdan ustun kelgan ko‘rinadi, chunki o‘z dvigatelini ishlab chiqish AQShga 3 milliard dollarga tushadi”, — deb yozadi Ballin.
Shuningdek, Rossiya va AQSh Rossiyadan o‘qotar qurol sotib olish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda, “Osa” turidagi bunday to‘pponchalardan allaqachon Arizona politsiyasi foydalanib keladi. Ballinning ta’kidlashicha, to‘pponchalarni ishlab chiqaruvchi “Texmash” konserni Yevroittifoq sanksiyalari ostida.
Izoh (0)