5-sentabr kuni soat taxminan 14:00 da Toshkentning Shayxontohur tumanidagi “Shayx Zayniddin” qabristoni ichida E.M. ismli 1975-yilda tug‘ilgan erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda O‘zbekiston prokuraturasi ma’lum qildi.
Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, E.M. ning o‘limi bo‘yin a’zolarining to‘liq shikastlanishlariga, bo‘yin umurtqalarining sinishlariga va orqa miyaning to‘liq uzilishiga olib kelgan bo‘yin oldi yuzasi kesilgan yarasi va bo‘yin orqa yuzasi kesilgan-chopilgan yarasi, chap yelka sohasi qontalashi, o‘tkir qon yo‘qotish, shuningdek ichki a’zolarining kam qonligidan kelib chiqqan.
Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Dastlabki tergov davomida B.K. ismli shaxs jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Izoh (0)