Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaotaning rekonstruksiya qilingan ko‘chalarini ko‘zdan kechirdi, deb yozadi Tengrinews.
Olmaotaga ishchi tashrifi chog‘ida davlat rahbari Abay va Nursulton Nazarboyev shoh ko‘chalarini borib ko‘rdi. Bu yerda piyoda va velosiped infratuzilmasi rekonstruksiya qilingan va obodonlashtirilgan edi.
Qozog‘iston prezidenti Olmaota industrial zonasidagi faoliyat natijalari va u yerdagi istiqbolli rejalar haqida xabardor qilindi. Shuningdek, u shahardagi boshqa qator nuqtalarni ko‘zdan kechirdi.
Izoh (0)