O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Adidas kompaniyasi bilan 2 yillik kelishuvga erishdi, deb xabar beradi “Championat.asia”.
Qayd etilishicha, O‘FAda Nike va Adidas kompaniyalaridan birini tanlash imkoniyati bo‘lgan. Tashkilot esa bu ikki brend orasidan yaxshi va sifatli liboslarni taqdim etgan Adidas’ni tanlagan. Ta’kidlanishicha, Adidas ekipirovka va liboslari original sifatda. Liboslari Germaniya texnologiyalari asosida tikiladigan bo‘lsa, oyoq kiyimlari Italiya texnologiyalarida tikiladi va ular ham Yevropa standartiga to‘la javob beradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston futbol terma jamoalari shu vaqtga qadar Joma kompaniyasi liboslarida to‘p surib kelardi.
Izoh (0)