FIFA yilning eng chiroyli goli uchun topshiriladigan Ferens Pushkash sovrini uchun kurashadigan futbolchilar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Denis Cherishev (Rossiya terma jamoasi), Garet Beyl (“Real”), Lazaros Xristodulopulos (“Olimpiakos”), Krishtianu Ronaldu (“Real”/“Yuventus”), Jorjian de Arraskaeta (“Kruzeyro”), Rayli Makgri (“Nyukasl Jets”), Lionel Messi (“Barselona”), Benjamen Pavar (Fransiya terma jamoasi), Rikardu Kuarejma (Portugaliya terma jamoasi), Muhammad Saloh (“Liverpul”) kabi futbolchilar mavsumdagi chiroyli gollari orqali 2018-yilning eng chiroyli goli uchun topshiriladigan sovrinni yutishga harakat qilib ko‘rishadi.
Avvalroq yilning eng yaxshi murabbiyi, futbolchisi hamda darvozaboni bo‘lishga asosiy nomzodlar nomi e’lon qilingani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)