Bugun, 31-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining 13-kuni bo‘lib o‘tmoqda.
Dzyudo bo‘yicha -100 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Sherali Jo‘rayev delegatsiya hisobiga 20-bronza medalini yozib qo‘ydi. U bronza uchun kechgan bahsda Birlashgan Arab Amirliklari nomidan musobaqada qatnashgan Ivan Remarenkoga qarshi gilamga chiqib, ippon bahosi bilan g‘alabaga erishdi.
Mazkur bronza O‘zbekiston dzudochilarining delegatsiya hisobiga keltirgan uchinchi medali bo‘ldi. Bundan oldin -60 kg vazndagi Diyorbek O‘rozboyev oltin, ayollar o‘rtasida esa -70 kg vazndagi Gulnoza Matniyozova bronza medalga ega chiqqandi.
Umumiy hisobda O‘zbekistonning ayni damda medallari soni 54 tani tashkil etmoqda. Shulardan 15 tasi oltin, 19 tasi kumush, 20 tasi esa bronza. Delegatsiya hozircha 7-o‘rindan joy olib turibdi.
Izoh (0)