Ayni damda Fransiyaning Monako shahrida UEFA Yevropa Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Tashkilotchilar qur’a davomida o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchilarini ham e’lon qilmoqda.
Chempionlar Ligasining 2017/18-yilgi mavsumining eng yaxshi darvozaboni nomi “Real Madrid” posboni Keylor Navasga nasib etdi. Navas “Qirollik klubi”ning musobaqada ketma-ket uch marta g‘alaba qozonishida muhim o‘rin tutgan futbolchilardan biri bo‘lgandi. Navas o‘tgan mavsum jamoasining 11 uchrashuvida darvozani qo‘riqlab, 13 ta gol o‘tkazgan, 29 seyvni amalga oshirgan.
Bu nomga Keylordan tashqari ayni damda “Liverpul” a’zosiga aylangan “Roma”ning sobiq darvozaboni Alisson hamda “Yuventus”dan ketib, PSJga o‘tgan Janluiji Buffon ham da’vogarlik qilgandi.
Izoh (0)