Bugun, 29-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.
O‘zbek kurashi bo‘yicha -63 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Dildor Shermatova final bahsida mo‘g‘ulistonlik Bayarbat Basanjargalga qarshi gilamga chiqib, g‘alabaga erishdi. Shu tariqa Dildor Osiyo o‘yinlari oltin medaliga ega chiqdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi oltin medallari soni 11 taga yetdi. Kumush va bronza esa 15 tadan. Umumiy reytingda esa delegatsiya hozircha 8-o‘rinda.
Izoh (0)