Davlat statistika qo‘mitasi davlat statistika hisobotlari shakllarini topshirish muddatlari o‘zgartirilganligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
O‘zgartirishlar Prezidentning 2017-yil 28-dekabrdagi PF-5290-son “2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoni munosabati bilan kiritildi. Yangi muddatlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
Hisobot turi | Topshirish muddati |
· 1-K (oylik) “Tashkilot faoliyati to‘g‘risida hisobot”, · 1-K shakliga ilova (sanoat) (oylik) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning sanoat mahsuloti ishlab chiqarish to‘g‘risida hisobot”, · 1-K shakliga ilova (xizmat) (oylik) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida hisobot”, · 1-K ilova (savdo) (oylik) “Hududiy alohida bo‘linmalarga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi to‘g‘risida hisobot” | 5-sentabrdan kechiktirmay |
· 2-narx (oylik) “Sanoat korxonasining xarid qilingan moddiy resurslari o‘rtacha narxlari to‘g‘risida hisobot” | 7-sentabrdan kechiktirmay |
Izoh (0)