Bugun, 23-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo o‘yinlarining sport gimnastikasi bo‘yicha musobaqalar davom etmoqda.
Sport gimnastikasining tayanib sakrash bahslarida O‘zbekiston nomiga navbatdagi medalni 43 yoshli Oksana Chusovitina qo‘shib qo‘ydi. Birinchi o‘rin esa Janubiy koreyalik 16 yoshli sportchiga nasib etdi.
Shu tariqa, uch karra Jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibasi, 7 marta yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Oksana navbatdagi medalni ham o‘ziniki qildi.
Izoh (0)