Bugun, 23-avgust sanasida Indoneziyaning Palembang shahrida ham Osiyo o‘yinlari musobaqalari davom etmoqda.
Xususan, tennis bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Denis Istomin chorak finalda qozog‘istonlik Aleksandr Bublikka qarshi kortga chiqdi.
Unda Denis 6:1, 3:0 g‘alaba qozonayotgan bir vaqtda Bublik o‘yinni davom ettira olmadi. Shu tariqa Istomin yarim finalga chiqdi.
Ma’lumot uchun bugun yana bir tennischi Jo‘rabek Karimov yarim final yo‘llanmasi uchun xitoylik Yibing Vuga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)