Bugun, 23-avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta shahrida Osiyo o‘yinlarining taekvondo bo‘yicha musobaqalari davom etmoqda.
-49 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Madinabonu Mannopova finalda tailandlik Vongpattanakitga qarshi dayanga chiqib, 21:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa Madina O‘zbekiston hisobiga umumiy 18-medalni, shu bilan birga 7-kumushni qo‘shib qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Madinabonu yarim finalda yaponiyalik sportchi Miyu Yamadani 14:11 hisobida mag‘lub etib finalga chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval tennis musobaqalarida Denis Istomin yarim finalga yo‘l olgan edi.
Izoh (0)