Bugun, 23-avgust sanasida Indoneziyaning Palembang shahrida ham Osiyo o‘yinlari musobaqalari davom etmoqda.
Jumladan, akademik eshkak eshish sporti bo‘yicha O‘zbekiston termasi a’zolari ham bahslarda ishtirok etyapti. Hozirgina 2000 metr masofaga juftlik bahslarida marraga Shahboz Xolmurzayev va Shahboz Abdujabborov birinchi bo‘lib yetib kelib, oltin medalga ega chiqishdi. O‘zbekistonlik juftlik 6:48.19 natija bilan birinchi bo‘ldi.
Shu tariqa kun oltin medal bilan boshlandi. O‘zbekiston delegatsiyasi bu oltin medaldan so‘ng umumiy jadvalda 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Izoh (0)