Bugun, 23-avgust sanasida Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasi davom ettiriladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 1/4 finalga chiqish uchun Gonkong termasiga qarshi kurash olib boradi. Bahs Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanadi.
Jamoalarning asosiy tarkiblari e’lon qilindi.
Osiyo o‘yinlari—2018
Futbol, 1/8 final
23-avgust, payshanba
O‘zbekiston — Gonkong
O‘zbekiston: 1. Botirali Ergashev, 2. Rustamjon Ashurmatov, 4. Akramjon Komilov, 5.Abbos Otaxonov, 6. Jaloliddin Masharipov, 7. Odiljon Hamrobekov, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10. Javohir Sidiqov, 14. Ikromjon Aliboyev, 17.Dostonbek Hamdamov, 20. Dostonbek Tursunov.Gonkong: 1.Xo Chun Yuyen, 3.Vang Kit Sui, 4.Xok Ming Lau, 5.Lilley Nunyez, 6.Chun Lok Tan, 8.Remi Dujardin, 9.Vai Keng Chung, 10.Ka Vai Lam, 12.Chun Ming Vu, 15.Pui Xong Yu, 18.Tarres Paramo