Bugun, 21-avgust kuni Yoshlar press klubida Din ishlar bo‘yicha qo‘mita “Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida” brifing o‘tkazildi. Bu haqda “Azon.uz” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, Qurbon hayitining birinchi kuni 21-avgustda soat tonggi 05:45 daqiqadan to 06:40 daqiqagacha bo‘lgan vaqtda Respublika mintaqalari kesimida Iyd al-Adho – Qurbon hayiti namozi ado etildi.
Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan 2056 ta masjidlardan 1982 tasida 1 million 903 ming 690 nafar fuqarolarimiz Hayit namozini o‘qidilar. Jumladan, Andijon viloyatida 170 ta, Namangan viloyatida 183 ta, Farg‘ona viloyatida 188 ta, Sirdaryo viloyatida 68 ta, Toshkent viloyatida 223 ta, Toshkent shahrida 106 ta, Jizzax viloyatida 166 ta, Surxondaryo viloyatida 107 ta, Samarqand viloyatida 273 ta, Buxoro viloyatida 102 ta, Navoiy viloyatida 68 ta, Qashqadaryo viloyatida 182 ta, Xorazm viloyatida 97 ta va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 50 ta masjidlarda Hayit namozi ado etildi.
Toshkent shahrida 106 ta masjidda 349 ming 390 nafar fuqaro Hayit namozida ishtirok etdi. Xususan, Hazrati Imom majmuasiga 14 ming 373 nafar, “Minor” masjidida 12 ming 123 nafar, Ko‘kcha masjidida 27 ming 225 nafar, “Islom ota” jome masjidida 10 ming 400 nafar fuqaro jam bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)