Ichki ishlar organlariga Ravshan degan shaxs odamlarga o‘zini IIBB xodimi sifatida tanishtirib Sergeli tumanidan imtiyozli kredit evaziga uy olishga yordam berishini taklif qilayotgani haqida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasining Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan holat yuzasidan tezkor chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi va qisqa fursatda gumonlanuvchi qo‘lga olindi. “U hech qayerda ishlamaydigan, asli xorazmlik 33 yoshli Ravshan M. bo‘lib chiqdi”, — deyiladi IIBB axborotida.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qayd etishlaricha, tergov jarayonida ushbu shaxsning shu kabi boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganiladi, shuningdek jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘lgan sabab va omillar tahlil qilinadi.
Izoh (0)