• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Niderlandiya qishloq xo‘jalik vazirliklari o‘rtasida hamkorlik protokoli imzolandi

    Niderlandiyaning qishloq xo‘jaligi sohasini har tomonlama rivojlantirishdagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, davlatlar, xususiy sektor va ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya Nidelandiyada bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati

    Tashrifning ilk kunida Niderlandiya qirolligi qishloq xo‘jaligi, atrof-muhit va oziq-ovqat sifati vaziri o‘rinbosari Marelin Sonnema bilan uchrashuv o‘tkazildi. U O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidagi islohotlar, iqtisodiyotdagi ilg‘or texnologiyalar va ishlanmalarni jalb qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini yuksak baholadi. Shuningdek, o‘zbek dehqonlarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashda Niderlandiya hukumati ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligi ma’lum qildi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari aks ettirilgan protokol imzolandi.

    —O‘zbekistondagi o‘zgarishlar mamlakatga sarmoya kiritmoqchi, bilim va tajribasi bilan bo‘lishmoqchi bo‘lgan Niderlandiya kompaniyalarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Biz bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, sut mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida keng imkoniyatlarni ko‘ryapmiz, — deydi Marelin Sonnema.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati

    Tashrif davomida delegatsiya vakillari qishloq xo‘jaligi sohasida jahonda yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri – Vageningen universitetining tadqiqot markazida ham bo‘ldi. Markaz xalqaro miqyosda qishloq xo‘jaligi uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Unda dunyoning 100 davlatidan 10 mingga yaqin talaba bilim oladi, innovatsion ishlanma va dasturlar amalga oshiriladi. Markaz hukumat, xususiy kompaniyalar, ta’lim muassasalarining o‘ziga xos platformasi hisoblanadi.

    Niderlandiyada bog‘dorchilik iqtisodiy rivojlanishning 9 ta ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari uchun bog‘dorchilikning asosiy yo‘nalishlari hamda tayanch ma’lumotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Universitetning ilmiy-amaliy issiqxona kompleksi bilan ham tanishildi. Bu yerda ilmiy ishlanmalarni qo‘llash va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishdan manfaatdor bo‘lgan xususiy kompaniyalar buyurtmalarini bajarish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkaziladi.

    Delegatsiyaa’zolari tashrif buyurgan keyingi obyekt niderlandiyalik ishlab chiqaruvchilar uyushmasi bo‘ldi. Mazkur assotsiatsiya agrokompaniyalarni birlashtiradi hamda meva-sabzavotlar marketingi bilan shug‘ullanadi. Statistikalar shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda Niderlandiya yetishtirilayotgan meva-sabzovotlarning 80 foizi uyushma a’zolari ulushiga to‘g‘ri keladi. Ularning ja’mi aylanmasi esa yiliga 12 milliard yevrodan oshadi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati

    Uyushma rahbariyati ichki va tashqi bozorlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish zanjirini yaratishda tajriba almashish bo‘yicha o‘zbekistonlik fermerlar bilan hamkorlik qilish istagini bildirdi. Bundan tashqari Niderlandiya tomoni Yevropa Ittifoqi va boshqa davlatlar bozorlariga kirish, mahsulotlarni sertifikatsiyalash va logistika bo‘yicha ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.

    Uchrashuv davomida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Niderlandiya agentligida dehqonchilik xo‘jaliklarini mehanizatsiyalash, parrandachilik firmalari uchun asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va O‘zbekiston dehqonlari uchun urug‘lar va zotdor mollarni yetkazib beruvchi kompaniyalar vakillari bilan ham muzokaralar o‘tkazildi. Gollandiyalik hamkorlar O‘zbekistonda Niderlandiya kompaniyalari uchun texnik markaz tashkil etish rejasi borligini ma’lum qildi.

    17.08.2018, 19:19   Izoh (0)   8011
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida 2 ta GES quradi

    17.08.2018, 19:06

    Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon bilan Toshkentdagi Artel zavodiga tashrif buyurdi

    17.08.2018, 18:15

    Tohir Malik tungi klublardagi sirlarni oshkor qildi

    17.08.2018, 17:12

    13 yildan beri qidiruvda bo‘lgan namanganlik erkak Toshkent viloyatida qo‘lga olindi

    17.08.2018, 16:58

    Andijonda bojxonachilar tomonidan 25 mln 854 minglik tilla va zargarlik buyumlari ushlab qolindi

    17.08.2018, 16:30

    Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevga “Chashmai xirad” kitobini sovg‘a qildi

    17.08.2018, 16:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.